O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 22-noyabr 03-06/2-6249-son xati asosida joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasidagi Trayangl tadqiqot institutining filiali va O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorligida “ Inklyuziv ta’lim holatini o‘rganish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Trayangl tadqiqot institutining filiali bosh direktori Geri Lynn Burkholder, Respublika tashxis markazi direktorning birinchi o‘rinbosari Jo‘raboev Kamoliddin Najmitdinovich, Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi metodistlari Alimova Gulmira Kabuljanovna, Ahmedova Shoista Rashidovnalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi (O’BTD) orqali inklyuziv ta’limda zaif eshituvchi va zaif ko‘ruvchi bolalar holatini o‘rganish taklif qilindi. Tadqiqotning maqsadi - inklyuziv ta’lim maktablari kesimida inklyuziv ta’limning holati, ayniqsa nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga taalluqli jihatlarini yanada yaxshiroq o‘rganishdir. Tadqiqotda o‘quvchilarning dastur doirasida ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va o‘quv-metodik majmualaridan umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqarida erkin foydalanish holatini alohida e’tibor qaratgan holda o‘rganish aytib o‘tildi.