Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda Yaponiya bilan hamkorlik

Joriy yilning 9-dekabr kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA vakillari tomonidan O‘zbekistonda “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” nomli loyihasi doirasida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorligida zoom uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-trening mashg‘ulotlari olib borib, umumta’lim maktablariga mentorlar tayyorlash istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Inklyuziv ta’lim muammolari, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar jamiyatga moslashuvi yuzasidan fikrlar almashindi.

;