O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim: dolzarb masalalar, yutuqlar va innovatsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya onlayn (33 нафар) va oflayn (77 нафар )tarzda joriy yilning 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi metodisti Sh. Ahmedova “O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etish va rivojlantirish” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ishtirokchilarga inklyuziv ta’limda amalga oshirgan ishlar tajribasi hamda hozirda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkiliy amaliy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.Kelgusidagi hamkorlik ishlari kelishib olindi.