Yangiliklar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan seminar-trening tashkil etildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida talim ehtiyojlari bolgan bolalarga talim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida"gi PQ-4860-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida hamda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti JICA tomonidan O‘zbekistonda “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi asosida joriy yilning 5-noyabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘I Sulton Mo‘minov Buxoro viloyatida bo‘ldi. 

Jarayonda inklyuziv ta’lim joriy etilgan Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabida viloyat hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining Bolalarni ijtimoiy psixologik qo‘llab-quvvatlash sho‘basi inklyuziv va korresion ta’lim bo‘yicha mas’ul metodistlari hamda inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus pedagoglar va psixolog xodimlari ishtirokida o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Yaponiyaning inklyuziv ta’limda amalga oshirgan ishlari tajribasi hamda hozirda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkiliy amaliy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Seminar-trening jarayonida shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarining 13 nafar metodist-psixologlari hamda inklyuziv ta’lim tashkil etilgan 6 ta umumta’lim maktabi direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va amaliyotchi-psixologlari trener sifatida tayyorlandi. 

Endilikda ular joylarda mazkur yo‘nalishda trenerlik faoliyatini olib borishadi.

;