Har qanday ishni boshlashdan oldin odamda hadiksirash va yakunida nima bo‘lishi havotirgan soladi. 2021-o‘quv yilida bizni ham shu hadik ta'lim tizimimizga kirib keldi. Biz endi alohida ta'limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan birgalikda o‘qitish edi. Dastlab bu jarayonni qabul qilish, bunday bolalarning o‘zini tutishi barchamizni hayratga solardi. Asta sekin bo‘lsada kichik-kichik o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘naltirish natijasida quvonarli natijalar ko‘rina boshlashi barchani birdek quvontira boshladi.Turkiya davlatida o‘tkazilgan yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida maktabimizda inklyuziv ta'lim sinfida ta'lim olayotgan Abduqayumov Abdulvosit faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bu Olmazor tumani 134-sonli umumta'lim maktabining 1-b sinfidagi quyoshli o‘quvchimizning hech kimda yo‘q qobiliyatining natijasidir. Demak biz to‘g‘ri yo‘lni tanladik va olg‘a davom etamiz. Biz bir jamoamiz!