2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 24-dekabrda qabul qilingan 415-son buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun 13 nomdagi metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Joriy yilning 13-dekabr kuni Respublika tashxis markazi metodisti S.Mo‘minov Uchtepa tumanidagi 109-sonli umumta’lim maktabidagi inklyuziv sinf o‘quvchilarining ota-onalarini metodik tavsiyalar bilan tanishtiridi. Metodikalar yuzasidan suhbat tashkil qilindi va ota-onalarning fikrlarini o‘rganildi. Natijada ota-onalar uchun yaratilgan metodikalar har tomonlama tushunarli va foydalanishga qulayligi haqida fikr bildirildi. Ushbu tadbirlar barcha hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirildi.