Joriy yilning 13-dekabr kuni “O‘zbekiston 24” radiosida ota-onalar hamda keng jamoatchilik orasida inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati va amaldagi holati yuzasidan O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodist S.Mo‘minov va 109-sonli umumta’lim maktabi direktori G.Imamaliyeva ochiq muloqotda ishtirok etdi. Radioeshituvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o‘z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o‘z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o‘z vaqtida olibib borilsa abatta ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya’ni inklyuziv ta’limning samarasi yuqori darajada bo‘ladi.