Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim: korreksion sinflar faoliyatida – jismoniy tarbiya.

Inklyuziv maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi:

-o‘quvchilarning jismoniy va psixik xususiyatlaridan kelib chiqib ular bilan yakka va guruhli tarzda mashg‘ulotlar olib borish;

-o‘quvchilar bilan birgalikda sport tadbirlari va musobaqalarni tashkil etish;

-ota-onalarga o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish sohasida maslahatlar berish;

-tibbiyot xodimlari bilan birgalikda har bir o‘quvchining jismoniy yuklamasini tartibga solish.

Maktab inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflardagi o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar, dam olish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlar olib borilishiga mo‘ljallangan sharoitlarni ta’minlaydi

O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini o‘tkazish, o‘quvchilarga gigiyena ko‘nikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.

Nukus shaxar 27- umumta’lim maktabining 2- boshlang‘ich korreksion sinfida  jismoniy tarbiya darsidan lavhalar.

;