Yangiliklar

Inklyuziv sinflarda texnologiya darslari

Texnologiya (Qo‘l mehnati) darslari bolalarni umumiy
kasb-hunarga tayyorlashning dastlabki bo‘g‘ini hisoblanadi. Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati o‘sadi. Boshlang‘ich sinflarda qo‘l mehnatiga o‘rgatish quyidagi vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:

o‘quvchida ijobiy hislatlarni tarbiyalash, mehnatsevarlik, jamoa bo‘lib ishlash, mustaqil ish qilishga tayyorlash.

Mehnat qilish uchun zarur ko‘nikma-malakalarni (o‘z joyida ishlash va asbob, materiallarni to‘g‘ri joylashtirish, ish tugagach ish joyini tozalash, asbob va materialni joyiga qo‘yish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish) shakllantiriladi.

Bolaning har tomonlama rivojlanishida mehnat tarbiyasi asosiy omil bo‘lib, uning aqliy, jismoniy va ma’naviy kamol topishiga xizmat qiladi. Mehnat faoliyatining barcha bosqichlarida o‘quvchining og‘zaki nutqi rivojlanib boradi.

Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati oshadi. Unda o‘z ishini rejalash, qilgan ishini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-b inklyuziv sinf o‘quvchisi Xusanova Vasilabonu va Axmatqulova Muslima texnologiya darsidan lavhalar.

;