Respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limining vazifalaridan biri inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishdir. 2022-yil 15-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Novgorod davlat universiteti soha mutaxassislari A.M.Saryov, O.V.Negina tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda murakkab nuqsonli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar maqsadi, bolani o‘zini-o‘zi boshqarishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, ulardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish, kompensatsiya qilish mavzularida suhbat olib borildi. Murakkab nuqsonli bolalarda o‘yin, o‘qish, mehnat kabi kunlik faoliyatlarni rivojlantirish jarayonida ular o‘zlarini xursand bo‘lishlariga yoki hafa bo’lishga, omadiga, maqsad sari intilishiga, eng muhimi hayotga qiziqishiga uyg‘otish mumkin. Murakkab nuqsonli bolalarni tarbiyalash jarayonidagi ish korreksion - kompensator harakterga ega bo‘lishida ularni har tomonlama rivojlanishi va shaxsiyatining namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin ekan.
Seminar davomida 587 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Barcha tinglovchilar “Murakkab nuqsonli o‘quvchilarning ta’limini tashkil etish” bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni olishdi.