Yangiliklar

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda….

Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim amaliyotini yanada rivojlantirish” (SPISE-UZB) loyihasi doirasida Markaz direktori L.Gaynutdinova, Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi metodisti G.Alimova hamda 10 nafardan iborat Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlari bilan birga Yaponiya davlatining Osaka shahriga yetib borishdi.

Osaka shahri perfekturasi ta’lim markaziga qarashli “IKUNO” nomli eshitishida muammosi bor bolalar, “SUMINOE” nomli aqli zaif bolalar hamda “KOYONI” nomli tayanch harakatida buzilishi bo‘lgan bolalar maxsus maktablarida bo‘lib u yerdagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoit va o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishdilar.

Kunning ikkinchi qismida o‘tkazilayotgan o‘quv-seminar va trening mashg‘ulotlari fikr mulohazalarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishmoqda.

Yaponiya davlatiga tashrifning asosiy maqsadi - O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish, ularni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash borasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan Yaponiya-O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida tajriba almashish va tavsiyalar qabul qilishdir.

Yaponiya davlatidagi tashrif 23-dekabrga qadar davom etadi.

;