Yangiliklar

O‘qituvchi-logopedlarga onlayn o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun 2022 yilning 16-dekabr kuni Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan o‘quvchilarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlarni bartaraf etishda logoped va psixolog hamkorligi.” mavzusida Toshkent davlat pedagogika universiteti, logopediya kafedrasi o‘qituvchisi B. Xusniddinova ma’lumot berdi va “Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlarining “Logoped mashg‘ulotlarida psixologik metodlardan foydalanish” mavzusida amaliy mashg‘ulotlaridan lavhalar namoyish etildi. Shu bilan birga markaz direktorining birinchi o‘rinbosari K. Jo‘raboyev logopediya hujjatlarini yuritish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘quv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi, 470 nafar  o‘qituvchi-logopedlar hamda 271 nafar tuman xalq ta’limi bo‘limlari metodistlari ishtirok etdilar.

 

;