Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda psixolog hamkorligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli rayoni 4-sonli umumta’lim maktabi inklyuziv sinf o‘quvchilari bilan maktab psixologi tomonidan olib borilgan “Diqqati va qo‘l motorikasini rivojlantirish” mashg‘ulotlaridan lavhalar.

Inklyuziv ta’limda pedagoglar hamkorlikda ish olib borishi belgilab qo‘yilgan. Xususan psixolog o‘quvchilarni diqqati, xotirasi, ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv sinflarda o‘quvchilar diqqatini jamlash uchun psixolog tomonidan “Ranglar va shaklllar”  mashg‘ulotlari olib borildi. Psixolog ko‘rsatmasiga binoan o‘quvchilar kerakli rang va shakllarni ko‘tarib mashg‘ulotda faol qatnashishdi.

Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar turli nuqsonlaridan kelib chiqib psixolog qo‘l motorikasini rivojlantirishga oid “Mevalarni teramiz” o‘yinlarni ham olib bordi. O‘quvchilarga mevalar va sabzavotlar aralashtirilib berilib, savatlarga ajratib joylash topshirig‘i berildi. Inklyuziv ta’lim qatnashchilari bu mashg‘ulotda ham faol qatnashib, mayda qo‘l harakatlari rivojlantirildi. O‘quvchilarga psixologik yordam ko‘rsatildi.

 

;