Yangiliklar

Biz turlimiz ammo birgamiz!

Toshkent viloyati Angren shahar 18-sonli umumta’lim maktabining inklyuziv sinflarida “Biz turlimiz ammo birgamiz” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar.

Inklyuziv ta’lim qatnashchilari ishtirokida “Biz turlimiz ammo birgamiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga ota-onalar, maktab hay’ati va inklyuziv ta’lim mutaxassislari taklif etildi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar o‘quv yili davomida egallagan bilimlarini namoyish qilishdi. Ular orasida iqtidorli, qobilyatli bolalar she’r, musiqa va raqslari bilan qatnashib tadbirga ko‘tarinki ruh qo‘shishdi. Ota-onalar o‘z farzandlarini sog‘lom tengdoshlari qatorida ta’lim olayotganidan xursand bo‘lishdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar faol ishtiroki va na’munali xulqi uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlanishdi.

;