Xorazm viloyati Xiva shahar 19-sonli umumta’lim maktabi 1-A inklyuziv sinfida savodxonlik bayrami o‘tkazildi. Savodxonlik bayramida o‘quvchilar “Alifbo”dan o‘rgangan bilimlarini namoyish etishdi. O‘quvchilar o‘zlari yod olgan she’r, ashula, raqslari bilan bayramda faol qatnashishdi. Sinf rahbari alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni ham sog‘lom tengdoshlari qatorida o‘qitib, ularga alohida mehr va vaqt ajratib, bilim berib borgan. Mana bugun zahmatli mehnatning hosili-inklyuziv ta’lim qatnashchilari ham ustozlari yordamida egallagan bilimlari namoyon bo‘lib turibdi. Farzandlarini savodxonlik bayramida faol qatnashishganini ko‘rib, ota-onalar ustozlarga chuqur minnatdorchiligini bildirishdi. Ustozlarga mashaqqatli ammo savobli kasbida hormay, tolmay faoliyat olib borishiga tilakdoshmiz.