Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 13- sonli umumta’lim maktabi inklyuziv ta’lim o‘quvchilari dars jarayonidan lavhalar.
Joriy yilda tashkil qilingan inklyuziv sinflar o‘quv yilini yarmiga kelib o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar ustozlari bergan bilimlari natijasida sog‘lom tengdoshlari qatorida darslarda faol qatnashib a’lo baholarga o‘qib kelishmoqda. Matematika darslarida o‘quvchilar o‘zlari yasagan rangli shakllar va savatchaga koptoklar yig‘ib, fanga qiziqishlari yanada ortdi. Bunda albatta sinf o‘qituvchisini o‘rni beqiyos. 13- sonli umumta’lim maktabi inklyuziv sinf o‘qituvchisi interfaol metodlardan foydalanib, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni darslarda faol qatnashuvini ta’minlab kelmoqda.