Yangiliklar

O‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining “2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar” tasdiqlangan reja grafigi asosida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

 Kun tartibida Rossiya Federatsiyasi Novgorod davlat universiteti, psixologiya kafedrasi dotsenti L.Yu.Aleksandrova tomonidan tayyorlangan “Неговорящий ребёнок” hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti, logopediya kafedrasi o‘qituvchisi Y. Abdullayevaning  “Mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy texnologiya va AKTdan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzalar o‘rin oldi.

 Rossiya Federatsiyadan 5 nafar, respublika xududlaridan 499 nafar  o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etdilar.

;