Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shaxri 27- maktab 1-2-tayanch korreksion sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Yangi yil bayrami o‘tkazildi. Tayanch korreksion sinfida o‘qitilayotgan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar xotirasiga unitilmas onlar muhrlandi. Bayram dasturi maxsus pedagoglar, sinf rahbarlari, logoped, psixolog va volontyor talabalar hamkorligida o‘tkazildi. Bayramga Yangi yil qahramonlari- qorbobo, qorqiz, yalmog‘iz va ertak qahramonlari tashrif buyurishib, bolajonlarga quvonch ulashishdi. Bayram dasturida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘zlarining raqslari, she’rlari, sahna ko‘rinishlari bilan qatnashib, qorbobodan sovg‘alar olishdi. Bundan tashqari kim epchil-u, kim chaqqon, nafas mashqlariga oid korreksiyalovchi o‘yinlarda bolalar ota-onalari bilan qatnashib bayram dasturiga ko‘tarinki ruh qo‘shishdi.
Ota-onalar farzandlarida o‘quv yili davomidagi o‘zgarishlarni ko‘rib ko‘zlarida sevinch yoshlari paydo bo‘ldi va ustozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.