Kasb tanlashda inson eng muhim jarayonni boshidan kechiradi. Bu kasb tanlashda o‘z - o‘zini tarbiyalash, tayyorlash hisoblanadi. O‘zini kasb tanlashga diqqatini qaratilishi, bolada shu kasbga bo‘lgan intilishlardan boshlanadi. Bu intilishlar har xil motivlar asosida sodir bo‘ladi. Inson o‘zi uchun kerakli bo‘lgan kasbni tanlashi juda ko‘plab omillar asosida shakllanib boradi. Lekin bu omillarni o‘sib kelayotgan avlod o‘zida singdirishi va ongli ravishda kasbni tanlashi lozim bo‘ladi. Kasb tanlashda inson o‘z o‘zini tarbiyalab boradi, bu esa insonni o‘zini anglashi, maqsad va manfaatlarini chuqur tahlil qilgan holda amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani XTB tasarrufidagi 23- umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchilariga kasb - hunarga yo'naltrish, ularning bu boradagi qiziqishlarini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar to‘g’ri kasb tanlash, bu borada nimalarga e‘tibor berish lozimligi va shu kabi mavzular doirasida yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.