Yangiliklar

Maktabda tashkil etilgan namunali “Kasb-hunar xonasi” o'quvchilarning qiziqishlarini yuzaga chiqarmoqda

Buxoro tumanidagi 18-umumiy orta ta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu xona ayni paytda o‘quvchilar uchun sevimli maskanga aylangan.  Bu yerda ular o‘quvchilar uchun ustoz-shogird an’analari asosida kulolchilik, rassomchilik, tikuvchilik to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada o‘quvchilar ilm olish barobarida o‘z ustlarida ishlab, o‘rganganlarini bevosita amaliyotga tatbiq etish,  kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

O‘quvchilar kasb-hunar sirlarini nafaqat hunarmand ustozlardan, balki ushbu hunarlarni chuqur o‘zlashtirib olgan tengdoshlaridan ham o‘rganishlariga zamin yaratilmoqda.

Yaqinda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda  Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov ushbu maktabda bo‘lib, o‘quv jarayonlarini kuzatish asnosida “Kasb-hunar xonasi”da olib borilayotgan faoliyat bilan ham tanishdilar.

;