O‘smirlarni kasbga tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va shakllantirish ishlarini o‘z ichiga oladi. Kasb tanlashda o‘smirlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani XTB tasarrufidagi 17- umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-11-sinf o'quvchilari bilan "Kasb tanlashdagi muammo" kasbiy trening mashg'uloti o'tkazildi.
O'quvchilarning oldiga qo'ygan maqsadlariga aniqlik kiritish. Ularda kasb tanlashga bo’lgan ongli munosabatni shakllantirish.