Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘lig‘ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 44-maktabda 5-sinf oʻquvchilari bilan bigalikda "Kasblar olamida" trening mashgʻuloti oʻtkaziladi.
Oʻquvchilarga kerakli kasbiy maslahat va tavsiyalar berildi, trening qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi. Oʻquvchilarga yuqori kayfiyat ulashildi.