Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘lig‘ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi.
Respublika Tashxis markazining 40-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan Oqqoʻrgʻon tumani Xalq taʼlimi tasarrufidagi 18-umimiy oʻrta taʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida tumandagi Ishga marhamat ʼʼMONOMARKAZʼʼ ga sayohat tashkil etildi.
Sayohat jarayonida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan kasblari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan ayni vaqtda zamonaviy kasblarning sir-asrorlari haqida tushunchalar berildi.
Sayohat yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻlaligicha javob oldilar.