Maktab o‘quvchilarini kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi bo‘lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrini uz ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog‘liq emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z - o‘zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik - psixologik bilim, ko‘nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish lozim.
Xonobod shaxar XTB tasarrufidagi 9-DIUM 2- sinf o‘quvchilari ishtirokida "Kim bo‘lsam ekan?!" mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilar turli hil kasblar obrazida chiqishlar qilishdi va mazkur kasblar borasida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.