Yangiliklar

Tаrixgа nаzаr

Oʼz tarixini bilgan va oʼtmishini unutmagan yosh avlod ertangi kunimiz uchun mustahkam tayanch boʼla oladi. Shu maqsadda bugun mamlakatimizda oʼsib kelayotgan yosh avlod orasida tarixga boʼlgan xurmat, milliy an’analarga sadoqat tuygʼularini shakillantirish ularni kelajakda o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishlari uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek Namangan viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan tarixiy muzeyga Uychi tuman 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktab oʼquvchilari uchun sayoxat tashkil etildi. Sayoxat davomida oʼquvchilar yurtimiz tarixiga oid uy roʼzgʼor buyumlari, mashinalar, tarixiy kitoblar va ikkinchi jaxon urushi davriga oid xarbiy texnika va kiyimlar bilan tanishish imkoniga ega boʼldilar. Oʼquvchilar uchun tashkil etilayotgan bunday sayoxatlar ularda oʼzlikni anglash milliy gʼurur va tarixga xurmat tuygʼularini shakillantirish bilan birga shukronalik, kelajakda o’z kasblarini tanlashga bo’lgan qiziqishlari ortishiga sabab bo’ladi.

;