Yangiliklar

Mening kelajakdagi kasbim

Maktab o‘quvchilarini kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi bo‘lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bogliq emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z - o‘zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik - psixologik bilim, ko‘nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish lozim.

Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 44-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Mening kelajakdagi kasbim" trening mashgʻuloti oʻtkazildi. Trening davomida oʻquvchilarga kasb turlari ularni egallashda kerak bo’ladigan ko‘nikma va malakalarni qanday egallash vas hu kabi mavzular yuzasidan atroflicha  ma‘lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek o‘quvchilardan "Kim boʻlishni xohlayman" soʻrovnomasi hamda kayfiyatni koʻtaruvchi oʻyin mashgʻulotlari oʻtkazildi.

;