Yangiliklar

O‘qituvchi-logopedlar ishtirokida zoom platformasi orqali o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

 

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun 2023-yilning 6-yanvar kuni soat 15-00 da “Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning ta’lim va tarbiyasini tashkil qilish” va “Fonematik idrokni va lug‘at boyligini rivojlantirish” mavzularida Toshkent davlat pedagogika universiteti, logopediya kafedra mudiri phd N.Abidova va o‘qituvchi Sh.Turdaliyеva  ma’ruzasi asosida o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi, 476 nafar  o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etdilar.

O‘quv seminar yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

;