Har qanday natijaning katta-kichigi bo'lmaydi. Juda uzoq va mashaqqatli mehnat, matonat talab qilsada yakunida kichik natija ko'rinsa ham biz ota-ona uchun bu unutilmas mo'jiza. Ayniqsa ish faoliyatida faqat sog'lom bolalarga ta’lim-tarbiya berib kelgan o'qituvchining autistik spektrda buzilishlari bo'lgan bola bilan olib borayotgan ishlari uni jamoatchilik orasida o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashayotgani bu bola va uning ota-onasi uchun quvonchli xodisadir. Biz Bektemir tumanidagi 290-sonli maktab boshlang‘ich sinf o'qituvchisi D.Djurayeva bilan faxrlanamiz!