Yangiliklar

O‘qituvchi-logopedlar ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida 2023-yilning 20-yanvar kuni soat 13-00 da Ovoz funksiyalarining buzilishlari. Izotonik mashqlar (lab, lunj, til, pastki jag‘) mashg‘ulotlardan lavhalar” mavzularida o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘quv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi, 453 nafar  ishtirokчиларга Namangan viloyati Davlatobod tumani 64-maktabning o‘qituvchi logopedi K.Alimova va Pop tumani 23-maktab o‘qituvchi logopedi M. Xushnazarova o‘z ma’ruzalari va videolavhasi bilan ishtirok etdi.

O‘quv seminar yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

;