Yangiliklar

Direktor opa bilan quyosh chizdim

Bugun ertalabdan har kungidan ham havo ochiq va iliq. Sirojiddin dadasi bilan maktabga kirishdayoq direktorga ko‘zi tushdi va salomlashish uchun oldiga yugurib bordi. Bu holatdan ta’sirlangan direktor uni sinfga dars jarayonida qanday qatnashayotganligi bilan qiziqdi va sinfga kirdi. Direktorni ko‘rgan Sirojiddin quyoshning rasmini birgalikda chizishni xohlashini bildirdi. Bir ozdan so‘ng sinf doskasida quyosh rasmi paydo bo‘ldi. Bu jarayonni kuztayotgan o‘quvchilar chapak chalib yuborishdi. Chunki Sirojiddin direktor yonida tursada, o‘zi mustaqil rasmni chizgan edi. Bundan ko‘rinib turibtiki Sirojiddin tengdoshlari bilan bir qatorda kattalar ya’ni direktor opa bilan ham do‘stlasha oldi.

 Bu holat, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-sonli umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi haqida edi.

;