Joriy yiling 26-yanvar kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psiхologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova Yaponiya davlati JICA xalqaro hamkorlik agentligi vakillarini qabul qildi. Suhbat davomida 2023-yil davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.