Yangiliklar

9-noyabr kuni Termiz shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabining “Inklyuziv taʼlimning ahamiyati” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 9-noyabr kuni Termiz shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida “Inklyuziv taʼlimning ahamiyati” mavzusida oquv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limlarining bolalarni ijtimoiy psixologik qo‘llab-quvatlash markazi xodimlari, inklyuziv taʼlimga ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari hamda maktab psixologlari ishtirok etishdi. Ushbu o‘quv amaliy seminarida inklyuziv taʼlimga ixtisoslashtirilgan sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashning ahamiyati borasida respublika tashxis markazi inklyuziv taʼlim labaratoriyasi xodimi Sulton Mo‘minov o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘quv seminari davomida 30 nafar yaqin psixolog mutaxassislar inklyuziv taʼlim bo‘yicha trener sifatida tayyorlandi.

;