Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazish uchun intiladilar. Shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Manktab o ‘quvchilarining kasb tanlash kelajakda o‘z o‘rnini topishi va shu kabi jarayonlarda ularni qo ‘llab quvvatlash maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 34-umumiy o ‘rta ta’lim maktabning 6 sinf òquvchilari bilan "Maktabdagi kasblar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbat davomida o ‘quvchilar turli hil kasblar to‘g’risida ma’lumotarga ega bo‘lishdi va o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.