Yangiliklar

Kasbiy bilim va maslahat oyligi

Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘lig‘ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi.

Maktab o ‘quvchilarni kasb tanlashida ko‘maklashish ularni bu borada qo‘llab quvvatlash maqsadida  Toshkent viloyati Yangiyer shahar 8-sonli umumiy o‘rta maktabi yuqori sinf o'quvchilari bilan “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”  doirasida Non sexiga ekskursiya uyushtirildi. O'quvchilar non tayyorlash va yopishdagi jarayonlarni bevosita kuzatishga, yaqindan tanishib o‘zlari ham ish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirishdi.    

;