Oʻquvchilarning qiziqishlariga asoslangan holda turli toʻgaraklar tashkil etish oʻquvchilardagi kasb haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Ularni kasbga doir qoʻllanmalar tarqatma materiallar bilan hamda kasb egalari bilan davra suhbatlari ishlab chiqarish korxonalaariga ekskursiya uyushtirish, maqsadga muvofiq. Hozirgi davrga kelib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlangʻich sinflardanoq oʻquvchilarga kasblar haqida asosiy tushunchalarga ega boʻlishi uchun turli ma’lumotlar berib borilmoqda.
Bu kabi ishlarga misol tariqasida Respublikamiz bo‘ylab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilyaot turli xil tadbir va sayohatlarni misol qilib o‘tishimiz mumkin. Toshkent viloyati Yangiyer shahar 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o'quvchilari bilan "Kasbiy bilim va maslahat oyligi" doirasida qurilish sohasidagi faoliyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar bevosita ish jarayonida ishirok etishdi va yangidan yangi taasurotlarga ega bo‘lishdi.