Yangiliklar

Urganch shahridagi 22-sonli o‘rta maktabda o‘quvchilarga IT-dasturlash, telefon va kompyuter ustasi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov Urganch shahridagi 30-22-sonli umumtaʼlim maktablarida  xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, to‘garak rahbarlari hamda  o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan maktab o‘quvchilariga kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadda maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etilib, ularni jihozlash va zarur xom-ashyo bilan taʼminlash ishlari boshlab yuborildi. Har tuman va mahallaning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilarga maktablarning o‘zida 64 xil kasblarni o‘rgatish taklif etilmoqda.

Urganch shahridagi 22-sonli o‘rta maktabda o‘quvchilarga  IT-dasturlash, telefon va kompyuter ustasi, ofitsiantlik, kashtachilik, tikuvchilik, chilangarlik, uy taʼmirlash kabi 8 ta yo‘nalishda kasb o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan, xorijiy til sifatida ingliz, koreys va rus tillari o‘rgatiladi. Muloqot jarayonida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.

;