Bugungi kunda maktablarda xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rgatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda.
Urganch shahar xalq ta'limi bo'limi qator tashkilot va tadbirkorlar bilan, jumladan,
🔸Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali,
🔸"Uzbekistan" mehmonxonasi,
🔸"Urganch Milliy tikuvchilik" oilaviy korxonasi,
🔸"Urganch tikuvchilik majmuasi" MCHJ,
🔸"Mohir oshpazlar" uyushmalari bilan birgalikda hamkorlik memorandumi imzolandi va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar borasida aniq vazifalarni belgilab olindi.