Yangiliklar

Maktablarda xorijiy tillar va kasb-hunar oʼrgatish yanada takomillashtiriladi

Kecha mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktablarda xorijiy tillar va kasb oʼrgatish tizimini rivojlantirish masalalari boʼyicha kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazib, unda oʼquvchilarga maktabni tamomlagunlariga qadar kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarni oʼrgatish vazifasini qoʼydi.Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash borasida  Xorazm viloyatida ham amaliy ishga kirishildi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov Qoʼshkoʼpir tumanidagi 13-sonli, Xiva shahridagi 4, 11, 18, 19 –sonli va Yangiariq tumanidagi 29-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida boʼlib, ushbu yoʼnalishda boshlangan ishlar bilan tanishdi.

;