O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsadi yoshlarning hayot yo‘lini to‘gri belgilashlarida, qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashlariga ko‘maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyat va imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart - sharoitlar bilan band bo‘lishiga katta e’tibor bermoqda.
Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTBga qarashli 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabida joriy yilning 27-yanvar kuni 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida qisqa muddatli tumanda tashkil etilga nodavlat tashkilot "Mashhura-Lend" o‘quv markazining "Kompuyuter savodxonligi" hamda "Uy hamshiraligi" kurslarga jalb qilinib o‘quv jarayonlarining so‘ngida sertifikatlar bilan taqdirlandi.