Yangiliklar

Farg‘ona shahridagi taʼlim muassasalarida maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, turli kasblarga qiziqish uyg‘otish

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida asosiy bo‘g‘in hisoblangan o‘rta maxsus ta’limi o‘quv - biluv faoliyatida o‘quvchilarni kichik mutaxassis sifatida hayotga tayyorlash va kasbiy - madaniy munosabatlarini shaklalntirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.

Maktab oʼquvchilari kasbga yoʼnaltirilmoqda

Farg‘ona shahridagi taʼlim muassasalarida maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, turli kasblarga qiziqish uyg‘otish, kelajakda maʼlum hunarlarni egallash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2-ayrim fanlar chuqur oʼrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchi qizlari maktab psixologi rahbarligida shahardagi «Del Appetito» kafesida boʼlishdi va ular uchun maxsus oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.

Kafeda faoliyat olib borayotgan oshpazlar tomonidan pazandachilikka oid tavsiyalar bilan bir qatorda toʼgʼri kasb tanlay olish va uni puxta egallash sir-asrorlari haqida gapirib oʼtildi. Ular bilan uzluksiz ish olib borishga kelishib olindi.

;