O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida 2023-yilning 27-yanvar kuni soat 14-30 da “Logopedik mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan foydalanish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi, 351 nafar ishtirokchilarga Toshkent davlat pedagogika universiteti, Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi K.Alimova o‘z ma’ruzasi va umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotga o‘qituvchi-logopedlar amaliy mashg‘ulotlaridan videolavhalari bilan ishtirok etishdi.
O‘quv seminar yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.