Toshkent shahar Bektemir tumani 290-maktabning 2-"G" inklyuziv sinfida “Vatanparvar ajdodlarimiz” mavzusida sinf soati tashkil etildi va volontyor yoshlar ham jalb etildi. Sinf soatida o‘quvchilar ona yurt, vatanimiz himoyachilari, vatanparvar ajdodlarimiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Sog‘lom tengdoshlari qatori Eshqobulov Hayotbek ham darsda faol qatnashib, kelajakda vatan himoyachisi bo‘lishini aytdi. Hayotbek sinf rahbari Xasanova Gulnoza yordamida ko‘paytirish jadvalini yod olib, sinfdoshlariga yetib oldi. Ota-onalar farzandlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib Gulnoza opaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.