Inklyuziv ta’limda olib borgan mashaqqatli mehnatimiz, o‘z hosilini bermoqda. Toshkent shahar, Uchtepa tumani 109-maktab 1-“B” inklyuziv sinf o‘qituvchisi Kadirova Zarnigor ham alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilariga sabr bilan ilm ziyosini ulashib kelmoqda. Samarali mehnati natijasi o‘laroq o‘quvchilari o‘quv yili davomida ijobiy natijalarga erishishdi. Shabnam va Temurbek ham o‘qish, ona tili, matematika darslaridan o‘z savodini chiqarib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan darajada a’lo baholarga o‘qib kelishmoqda.