Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim maktablari joriy etilgan bo‘lib, unda bolalar sog‘lom tengdoshlari qatori bilim olib kelishmoqda. Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 24 maktab 1-“D” inklyuziv sinf o‘quvchisi Kamronbekning bobosi maktabga tashrif buyurdi. Nabirasidagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib, bobosi ko‘ziga yosh oldi va inklyuziv ta’lim qatnashchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.