Xorazm viloyati Urganch shahar 2-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-"A" inklyuziv sinf o'quvchisi Allanazarov Temurbek bilan maxsus pedagog Niyazmetova Muqaddasning yakka tartibda olib borayotgan mashg'uloti. Mashg'ulotdan maqsad o'quvchining bilish jarayonlarini rivojlantirish. Mashg'ulot davomida diqqatni rivojlantirish uchun "Shilliqqurt qanday rangda?" va idrokni rivojlantirish uchun "Kim nima yeydi?" metodikalaridan foydalanildi. Mashg'ulot Temurbekka yoqdi,qiziqib o‘rgandi. Mashg'ulot oxirida o'zi bemalol bajara oldi, yaxshi natijalar ko'rsatdi.