Navoiy viloyati Karmana tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 6-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lib, o‘qituvchilar sabot-matonat bilan dars berib kelishmoqda. Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni sog‘lom tengdoshlari qatorida bilim olib, jamiyat orasiga qo‘shishda sinf o‘qituvchisi, maxsus pedagog, psixolog va fan o‘qituvchilarini kamtarona mehnatlari tahsinga loyiqdir. Inklyuziv sinfda tahsil olayotgan Charosxon ham ustozlari yordamida qunt bilan bilim olib, tengdoshlariga yetishib olmoqda. Bugun Charosxon bilan olib borilgan darslarda ruscha sanashni o‘rgandik.