Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda maxsus pedagog faoliyati

Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan darsdan so‘ng maxsus pedagog shug‘ullanadi. Maxsus pedagog o‘quvchi bilan nutq, ong, xotira, idrok, tafakkur, fanlarni o‘zlashtirishiga ko‘maklashuvchi mashg‘ulotlar olib boradi. Mashg‘ulotlar davomida bolaning mayda qo‘l motorikalari va nutqiy fikrlashi ham rivojlantirib boriladi. Maxsus pedagog sinf o‘qituvchisi o‘tgan mavzularni mustahkamlab, takrorlaydi va yangi mavzu haqida bolaga tushuncha beradi. Bu esa bolaga fanlarni o‘zlashtirishiga ko‘mak beradi.

Andijon shahar 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1-“G” inklyuziv sinfida  darsdan soʻng maxsus pedagog olib borgan mashg‘ulotdan lavhalar.

;