Joriy yilning 27-yanvar kuni 35-sonli umumiy o‘rta maktabda tumandagi barcha maktablarning psixologlariga Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan vazifa va topshiriqlari yuzasidan o’quv seminari o’tkazildi.
Seminarda maktab psixologlariga mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi bilan bir qatorda 2 ta horijiy tillar ham o’qitilishi aytib o’tildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni axborot texnologiyalari va «kreativ industriya» bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘rgatish muhimligi ta’kidlandi.
Yakunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish borasida qilinadigan ishlar rejalashtirilib, tajribali ustozlarning taklif va fikrlari eshitildi.