Inklyuziv ta’lim sinflarida jami o‘quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Ushbu sinflarda umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bo‘yicha ommaviy tarzda o‘qiyotgan o‘quvchilar bilan birga maxsus (korreksion) dasturlar asosida o‘qiyotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi lozim. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o‘quvchilar qabul qilinadi.
Namangan viloyati Pop tumani 65-maktabining 1-"A" inklyuziv sinf o‘qituvchisi sog‘lom o‘quvchilari bilan bir qatorda, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilariga ham fanlarni o‘zlashtirishidida sidqidildan yordam berib kelmoqda. O‘quv yilining boshida qiyinchiliklarga uchragan bo‘lishiga qaramay, hozirda o‘quvchilari yaxshi baholarga o‘qib kelishmoqda. O‘qish, yozuv darslaridan xat-savodini chiqargan o‘quvchilar, matematika darsida ustozi yordamida barmoqlari orqali hisob-kitobni o‘rganishmoqda. Farzandlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rgan ota-onalar ham sinf rahbaridan minnatdor.