Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda maktab jamoasining hamkorlikdagi faoliyati

Inklyuziv ta’limda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni maktabga, jamiyatga moslashtirishda maktab jamoasining o‘rni beqiyosdir. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani 28-umumiy o‘rta ta'lim  maktabining 1-“D” inklyuziv sinfning o‘quvchisi Rahmonova Tursunoy bilan maktab ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (MMIBDO‘), maktab psixologi va sinf raxbari doimo hamkorlikda ish olib borishadi. Tursunoy bilan “So‘zlar” o‘yini, “Tipratikan” metodikalaridan foydalanib, zehnni charxlovchi mashg‘ulotlar olib borildi. Barcha mashg‘ulotlarni a’lo baholarga bajargan Tursunoy o‘qituvchisi tomonidan 1-o‘rin bilan rag‘batlantirildi.

;